Асосий контентга ўтиш
Мақола

“To‘p marraga” o‘yini orqali o‘quvchilarning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligini oshirish uslubiyati

Shuhrat Furkatjanovich TulaganovUzbek State University of Physical Culture and SportJumagul ParpievaUzbek State University of Physical Culture and Sport
2026
ABI

Аннотация

Mazkur maqolada “To‘p marraga” nomli yangi sport o‘yinining mamlakatimizda joriy etilishi va rivojlantirilishi masalalari tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida ushbu o‘yinning regbi sport turiga o‘xshash jihatlari hamda yuqori malakali regbichilarni tayyorlash jarayonidagi ahamiyati ilmiy asosda yoritilgan. Aniqlanishicha, “To‘p marraga” o‘yini regbiga xos boshlang‘ich texnik-taktik ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishda samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, sportchilarning jismoniy takomillashuvini ta’minlash maqsadida mazkur sport turiga xos asosiy mashqlardan umumiy jismoniy tayyorgarlik jarayonida samarali foydalanish imkoniyatlari asoslab berilgan. “To‘p marraga” o‘yini orqali o‘quvchilarning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligini oshirish, ularni regbi o‘yiniga bosqichma-bosqich moslashtirib o‘rgatish samaradorligi ilmiy dalillar asosida ko‘rsatib berilgan.

Ҳали таржима қилинмаган

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар

1 та иқтибос0 та фойдаланилган манба