Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Бошқа

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA RIVOJLANISH MARKAZLARINI TASHKIL ETISHNING PEDAGOGIK AHAMIYATI

Berdiqulova Sevara Abdumalik qiziToshkent viloyati Bo'ka pedagogika texnikumi maxsus fan o'qituvchisi 33024 04 07Worldly Knowledge Publishing CentreWorldly Knowledge Publishing Centre
ABI

Аннотация

Maktabgacha ta’lim tizimi uzluksiz ta’limning birinchi va eng muhim bosqichi hisoblanadi. Aynan shu davrda bolaning intellektual, jismoniy, ijtimoiy-emotsional va nutqiy rivojlanishiga mustahkam poydevor qo‘yiladi. Zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari oldida turgan asosiy vazifalardan biri — bolalarning individual xususiyatlarini inobatga olgan holda, ularning erkin rivojlanishini ta’minlovchi ta’lim muhitini yaratishdir. Shu nuqtai nazardan, guruhlarda rivojlanish markazlarini tashkil etish muhim pedagogik yechim sifatida qaraladi. Rivojlanish markazlari bolalarning yosh va psixologik xususiyatlariga mos ravishda jihozlangan faoliyat hududi bo‘lib, ular orqali bolalar mustaqil, yarim mustaqil hamda hamkorlik asosida faoliyat olib boradilar. Bu jarayon bolalarning qiziqishi, tashabbuskorligi va faolligini oshiradi.

Ҳали таржима қилинмаган

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар

0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба