INGLIZ VA O'ZBEK MUMTOZ ADABIYOTIDA SHAYTON VA FARISHTA OBRAZLARINING BADIIY TALQINI
Аннотация
Mazkur maqolada demonologiya va angelologiya tushunchalarining ingliz va o‘zbek mumtoz adabiyotidagi badiiy talqini tahlil qilinadi. Xususan, John Miltonning “Paradise Lost” asari va Abdurauf Fitratning “Shaytonning tangriga isyoni” asarlarida Shayton obrazining shakllanishi, falsafiy mazmuni va isyon motivlari qiyosiy tahlil asosida o‘rganiladi. Tadqiqot davomida Shayton timsolining bir tomondan mutlaq yovuzlik va itoatsizlik ramzi, ikkinchi tomondan esa erkin tafakkur, shubha va adolat izlash timsoli sifatida talqin qilinishi ochib beriladi. Maqolada demonologik va angelologik obrazlarning adabiyotda ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi dialektik munosabatni ifodalovchi badiiy-falsafiy vosita sifatidagi o‘rni yoritiladi. Tadqiqot natijalari diniy-mifologik obrazlarning adabiy talqinini anglashda muhim nazariy ahamiyat kasb etadi.
Ҳали таржима қилинмаган