Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Бошқа

MUHAMMAD ALIXONNING NAVOIYGA BOG'LAGAN MUXAMMASI ("Sen paridin" taxmisi poetik tahlili)

Nuriddin RahmonovFarg'ona davlat universiteti o'zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti v.bWorldly Knowledge Publishing CentreWorldly Knowledge Publishing Centre
ABI

Аннотация

Mazkur maqolada o‘zbek mumtoz adabiyotidagi musammat janrlaridan biri bo‘lgan muxammas va taxmisning shakllanishi, poetik xususiyatlari hamda Alisher Navoiy g‘azallariga bog‘langan namunalar ilmiy-nazariy asosda tahlil qilinadi. Xususan, Qo‘qon xoni va shoiri Said Muhammad Alixon (Xon) tomonidan yaratilgan “Sen paridin” deb boshlanuvchi muxammasning matnshunoslik, janrshunoslik va poetik jihatlari o‘rganiladi. Asarning Rossiya Fanlar akademiyasi Sharq qo‘lyozmalari instituti fondida D400 raqami ostida saqlanayotgan nusxasi asosida Xon muxammasining Alisher Navoiyning “Ko‘nglum o‘rtansun agar g‘ayringg‘a parvo aylasa” g‘azaliga taxmis ekani ilmiy asosda isbotlanadi. Tadqiqotda mazkur muxammasdagi rashk, sadoqat, ishqiy qat’iyat va yagonalik g‘oyalari Navoiy g‘azali bilan qiyosiy tahlil qilinadi hamda Xon ijodining XIX asrdagi navoiyona an’analar davomchisi sifatidagi o‘rni yoritiladi.

Ҳали таржима қилинмаган

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар

0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба