Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Бошқа

ANTROPOTSENTRIZMDAN EKOTSENTRIZMGA O'TISH: TABIATGA BO'LGAN MUNOSABATNING AKSIOLOGIK TAHLILI

Ergashev Jahongir SirojiddinovichSharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti magistranti
ABI

Аннотация

Ushbu maqola zamonaviy ekologik inqiroz sharoitida inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlarning aksiologik (qadriyatli) o‘zgarishini tahlil qiladi. Tadqiqotning maqsadi antropotsentrik dunyoqarashning cheklanganligini ko‘rsatib berish va ekotsentrizmning mustaqil ilmiy qadriyat sifatidagi o‘rnini ochib berishdan iborat. Maqolada komparativ-falsafiy va aksiologik tahlil metodlari orqali tabiatning faqatgina instrumental (vositaviy) obyektdan mustaqil ichki qadriyatga ega (intrinsic value) bo‘lgan subyekt darajasigacha bo‘lgan evolyutsiyasi yoritiladi. Asosiy natijalar shuni ko‘rsatadiki, ekologik ong va ekotsentrik tafakkurning shakllanishi barqaror rivojlanishning ajralmas qismi hisoblanadi. Xulosa o‘rnida O‘zbekiston sharoitida ekologik qadriyatlarni ijtimoiy amaliyot va ta’lim tizimiga joriy etish zarurati bo‘yicha ilmiy tavsiyalar ilgari suriladi.

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар

0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба