TURISTIK XIZMATLAR VA SERVIS: XALQARO TAJRIBA VA O'ZBEKISTON AMALIYOTI
Аннотация
Mazkur maqolada turizm sohasidagi xizmat ko‘rsatish tizimining nazariy asoslari, uning iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyati, xalqaro tajriba hamda O‘zbekiston Respublikasida turistik servisni rivojlantirish yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Turistik xizmatlarning tarkibi, xizmat ko‘rsatish sifatini baholash mezonlari, raqamli texnologiyalar va barqaror rivojlanish tamoyillarining turizm sohasidagi o‘rni yoritiladi. Shuningdek, Singapur, Janubiy Koreya, Fransiya, Italiya, Turkiya va Birlashgan Arab Amirliklari tajribasi O‘zbekiston amaliyoti bilan qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida mamlakatimizda turistik xizmatlar sifatini oshirish, xalqaro standartlarni joriy etish hamda yashil turizm tamoyillarini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.