IKKINCHI TIL LUG'AT BOYLIGINI O'ZLASHTIRISH: LEKSIK KIRISH MA'LUMOTLARINI QAYTA ISHLASH YONDASHUVI
Аннотация
Mazkur maqolada ikkinchi tilni o‘zlashtirish (SLA) jarayonida lug‘at boyligini egallashning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda lug‘atning kommunikativ kompetensiyadagi markaziy roli asoslab berilib, leksik birliklarni o‘zlashtirishga oid zamonaviy ilmiy yondashuvlar ko‘rib chiqiladi. Xususan, tasodifiy va maqsadli lug‘at o‘rganish, leksik minimum, kirish ma’lumotlarini kuchaytirish, lug‘at o‘rganish strategiyalari hamda bilingval mental leksikon masalalari tahlil etiladi. Shuningdek, leksik kirish ma’lumotlarini qayta ishlash (lexical input processing) konsepsiyasi asosida o‘rganuvchilarning kognitiv resurslari taqsimoti va uning lug‘at o‘zlashtirishga ta’siri yoritiladi. Maqolada L2 lug‘atini samarali o‘qitishning beshta asosiy tamoyili ishlab chiqilib, ularning didaktik ahamiyati asoslanadi. Tadqiqot natijalari L2 o‘qitishda qayta ishlashga asoslangan yondashuvni qo‘llash zarurligini ko‘rsatadi.
Ҳали таржима қилинмаган