XARAJATLARNING XULQ-ATVORI BO'YICHA TASNIFLANISHI: O'ZGARUVCHAN VA DOIMIY XARAJATLAR
Аннотация
Mazkur maqolada xarajatlarning xulq-atvori asosida tasniflanishi iqtisodiy tahlilning muhim elementi sifatida ko‘rib chiqiladi. Xususan, o‘zgaruvchan va doimiy xarajatlarning iqtisodiy mohiyati, ularning ishlab chiqarish hajmiga bog‘liqligi hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida xarajatlarning dinamik xususiyatlari ochib berilib, ularning korxona rentabelligiga ta’sir mexanizmlari izohlanadi. Shuningdek, o‘zgaruvchan va doimiy xarajatlar o‘rtasidagi nisbatning optimalligi ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda muhim omil ekanligi asoslab beriladi. Maqolada nazariy yondashuvlar bilan bir qatorda amaliy jihatlar ham yoritilib, xarajatlar strukturasini tahlil qilish orqali boshqaruv samaradorligini oshirish imkoniyatlari ko‘rsatib o‘tiladi. Natijada, xarajatlarning xulq-atvorini chuqur o‘rganish korxona faoliyatini barqaror rivojlantirishda muhim ilmiy-amaliy asos bo‘lib xizmat qilishi isbotlanadi.