Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Бошқа

BANK BOSHQARUVIDA MUAMALA MADANIYATINING ASOSIY JIHATLARI

Qo'ziboyev DiyorbekSamarqand iqtisodiyot va servis instituti talabasiTursunov Faridun MustafoyevichSamarqand iqtisodiyot va servis instituti Bank ishi kafedrasi assistenti
ABI

Аннотация

Ushbu maqolada bank boshqaruvi jarayonida muomala madaniyatining o‘rni va uning institutsional samaradorlikka ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqotda bank xodimlari va mijozlar o‘rtasidagi kommunikatsiya sifati, xizmat ko‘rsatish jarayonidagi etik me’yorlar hamda ichki boshqaruv madaniyatining qaror qabul qilish jarayoniga ta’siri o‘rganiladi. Shuningdek, raqamli bank xizmatlari rivojlanayotgan sharoitda an’anaviy muomala madaniyatining yangi kommunikatsion muhitga moslashuvi masalasi yoritiladi. Maqolada muomala madaniyatining mijoz ishonchini shakllantirish, bank xizmatlaridan qoniqishni oshirish va risklarni kamaytirishdagi funksional ahamiyati asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, yuqori darajadagi kommunikatsiya madaniyati nafaqat mijozlar bilan munosabatlarni mustahkamlaydi, balki bank ichki boshqaruv samaradorligini ham sezilarli darajada oshiradi. Shu bilan birga, zamonaviy bank tizimida inson omili va raqamli kommunikatsiya o‘rtasidagi muvozanat muhim strategik omil sifatida baholanadi.

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар

0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба