Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Бошқа

FINTECH KOMPANIYALARINING AN'ANAVIY BANKLARGA TA'SIRI

Shokirov Javohir Xurshid o'g'liSamarqand iqtisodiyot va servis instituti talabasiTursunov Faridun MustafoyevichSamarqand iqtisodiyot va servis instituti Bank ishi kafedrasi assistenti
ABI

Аннотация

Ushbu maqolada FinTech kompaniyalarining an’anaviy bank tizimiga ko‘rsatadigan ta’siri, xususan, moliyaviy xizmatlar bozoridagi raqobat muhitining o‘zgarishi va banklarning biznes modellari transformatsiyasi tahlil qilinadi. Raqamli to‘lov tizimlari, onlayn kreditlash platformalari hamda mobil moliyaviy xizmatlarning kengayishi natijasida banklarning an’anaviy vositachilik funksiyasi sezilarli darajada qayta shakllanmoqda. Tadqiqotda FinTech innovatsiyalari bank xizmatlarining tezligi, qulayligi va mijozga yo‘naltirilganligini oshirishi bilan birga, daromad manbalari va risklarni boshqarish mexanizmlariga ham bevosita ta’sir ko‘rsatishi asoslab beriladi. Shuningdek, an’anaviy banklar tomonidan raqamli transformatsiyaga moslashish strategiyalari va FinTech kompaniyalari bilan hamkorlik modellari ko‘rib chiqiladi. Maqola natijalari bank sektori barqarorligini saqlagan holda innovatsion rivojlanish yo‘llarini aniqlashga xizmat qiladi.

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар

0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба