Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

MAHALLIY PAXTA MOYI ASOSIDA SPRED ISHLAB CHIQARISH VA UNING FIZIK KIMYOVIY KO'RSATKICHLARINI O'RGANISH

Pulat IlkhamdjanovTashkent Chemical-Technological InstituteObidjon ToshevTashkent Chemical-Technological InstituteFotima NarimanovaTashkent Chemical-Technological InstituteAskar FayzullayevTashkent Chemical-Technological Institute
2017
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Dunyoda insonyat mavjud ekanki, biz hayotimizni tabiiy ehiyoji bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlarini istemol qilamiz. Oziq-ovqatimiz tarkibini esa asosiy katta qismini uglevodlar, oqsil tutgan ozuqalar hamda yog’ va moy mahsulotlari tashkil etadi [1]. Yurtimizda jumladan yog’ va moy mahsulotlari bilan taminlovchi bir qancha yirik margarin ishlab chiqarish korxonalari bilan bir qatorda, kichik hajmli xususiy korxonalar ham o’z faoliyatini olib boradi. Lekin shunga qaramasdan ichki bozorni ehtiyojini qondirish uchun bizga chetdan ushbu mahsulotlar kiritiladi. Agar bizda ichki bozorni o’zimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan qondirish iloji bo’lsa unda chetdan olib kelinadigan yog’lar nimaga kerak? Gap shundaki, hozirgi zamon odamlariga shunchaki mahsulot ishlab chiqarish bilan ehtiyojini qondirish kamlik qiladi. Ularni sifatli, arzon, xavfsiz bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash kerak. Yuqoridagi fikrlarni hisobga olgan holda Toshkent kimyo-texnologiya institutining “Oziq-ovqat maxsulotlari texnologiyasi” kafedrasida sut yog‘ining o‘rnini bosa oladigan, sifatli o‘simlik moylari bilan turli darajada boshqa yog’larni omuxtalash natijasida saryog’ning yangi analogi – spred olish texnologiyasi ustida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba