Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

OGAHIY TARJIMASIDAGI SA'DIYNING "GULISTON" ASARIDA NUTQ FE'LLARINING LEKSIK VA SEMANTIK XUSUSIYATLARI

Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

XIII asrda yozilgan pandnoma ruhidagi “Guliston” asari bir necha marotaba o‘zbek tiliga o‘girilgan. Maqolada XIX asrda Ogahiy tomonidan amalga oshirilgan tarjimada fe’l sistemasi tahlil qilinadi. Klassik dariy tilidagi mazkur asarning o‘zbekcha tarjima matnida ishlatilgan nutq fe’llari, “demoq” fe’li, ifodalov fe’llari, nutqiy da’vat fe’llari, gapiruv fe’llari guruhi doirasida tahlil qilindi. گفتن fe’lining o‘zbekcha tarjima variantlari tarjimonning o‘zbek tili lug‘at fondidan unumli foydalangani va mahoratini ko‘psatadi. Eski o‘zbek adabiy tilidagi <em>so‘z aytmoq</em>, <em>so‘z demoq</em> tipidagi birikmalar hozirgi o‘zbek adabiy tilida deyarli uchramaydi. Tarjima manbadagi mazkur guruh fe’llarni o‘rganish fe’l sistemasida sodda fe’llarning til taraqqiyotidagi o‘rnini ko‘rsatishga xizmat qiadi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba