INGLIZ TILI BILAN INTEGRASIYA JARAYONIDA KIMYO FANI BOʻYICHA OʻQUV ISHLARINI TASHKIL ETISHNING ASOSIY TAMOYILLARI VA NAZARIY ASOSLARI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur ishda (maqolada) ingliz tili bilan integratsiya sharoitlarida kimyo boʻyicha oʻquv ishlarini tashkillashtirishning asosiy tamoyillari va nazariy asoslari oʻz aksini topgan. Maktabdagi kimyoviy til – bu maktabdagi kimyoviy ta’limning maqsadi va mohiyatiga muvofiq didaktik tarzda qayta ishlangan kimyo fanining tili demakdir. Ingliz tili va kimyoviy fanning tilini koʻrib chiqish jarayonida semantik (shartli belgilar va leksik birliklar – atamalarning mazmunini ularni interpretatsiya qilish yoʻli bilan va ularning haqiqiy kimyoviy ob’yektlar bilan aloqasinini aniqlash), etimologik, (kimyoviy atamalar, nomlar va belgilar), kommunikativ aspektlardagi tutashish nuqtalarini ajratib koʻrsatish mumkin.