Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

ERKIN IQTISODIY ZONANING DAVLAT IQTISODIYOTI UCHUN AHAMIYATI

Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Ushbu ilmiy maqolada erkin iqtisodiy zonalarning davlat va jamiyat uchun ahamiyati tahlil qilingan. Bu ahamiyat faqat iqtisodiy ahamiyat bo‘lmasdan, hududning infrastrukturaviy salohiyatining oshirishga ham yo‘naltirilgan. Xususan hozirda O‘zbekiston Respublikasining hududida faoliyat yuritayotgan 30 ga yaqin erkin iqtisodiy zonalar Respublikasining iqtisodiy salohiyatining oshishiga qaratilganligi tadqiq etilgan. Jahon Bankining 2019–yil yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston “Doing business” ko‘rsatkichlari bo‘yicha 100 ballik reytingdan 69,9 ball jamg‘arib, dunyo miqyosida 69-o‘rinni egalladi va 2018-yildagi 76-o‘rindan 8 pog‘ona yuqoriladi. Mamlakatimiz Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi boshqa to‘rtta davlatlar qatori biznes iqlimi eng yaxshilangan 20 mamlakat tarkibiga kiritildi<sup><strong><sup>[1]</sup></strong></sup>. Undan tashqari, Jahon Banki tomonidan qayd etilishicha, O‘zbekistonda biznes yuritishning muayyan sohalarida erkinliklar taqdim etilayotganligi investorlarning e’tiborini tortmoqda. Xususan, o‘tgan yillarda aksiyadorlarning huquqlari va asosiy korporativ qarorlardagi rolini oshirish, mulkchilik va boshqaruv tuzilmalarini aniqlashtirish va korporativ shaffoflikni talab qilish orqali minoritar investorlarning himoyasini kuchaytirish sohasida jadal islahotlar amalga oshirilganligi ma’lumotlarda keltirib o‘tilgan.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba