Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA`LIM TIZIMIGA KREDIT-MODUL TIZIMINING KIRISHI UNDAGI MUAMMOLAR VA UNGA YECHIMLAR

Oʻgʻli, Mehritillayev Madiyor DoniyorHaydarova Maftuna Murodilla qiziNamangan davlat universiteti "Ingliz tili" fani o`qituvchisi
2022en
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Annotatsiya. Ushbu ilmiy maqolada kredit-modul tizimining kelib chiqishi, tamoyillari, bu tizimni O`zbekiston Respublikasi oliy ta`lim muassasalarida joriy qilinishi, joriy qilish jarayonidagi muammolar va muammolarni bartaraf etishga takliflar berib o`tilgan. Anatatsion. This scientific article presents the origin and principles of the credit-module system, the introduction of this system in higher education institutions of the Republic of Uzbekistan, the problems and problems in the implementation process. Bugungi kunda O`zbekiston Respublikasi oliy ta`lim tizimida deyarli barchasining o`quv jarayoni 2021-2022 o`quv yilidan kredit-modul tizimiga o`tkazildi. Bu jarayonning dastlabki qadami 2019 yil 8 oktyabr PF-5847 sonli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o‘tkazish, xalqaro tajribalardan kelib chiqib, oliy ta’limning ilg‘or standartlarini joriy etish, o‘quv dasturlarida nazariy bilim olishga yo`naltirilgan ta’limdan amaliy ko‘nikmalarni shakillantirishga yo`naltirilgan ta’lim tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish, oliy ta’lim mazmunini sifat jihatidan yangi bosqichga ko`tarish. Kadrlar tayyorlashni tashkil etishni yanada takomillashtirish uchun respublikamiz va xorijiy mamlakatlarning oliy o'quv yurtlarining ilg'or tajribalarini hisobga olgan holda, kasbiy munosabatning munosib darajasini ta'minlash, ularning dunyoqarashini va bilimini kengaytirish, o'z-o'zini o'qishga rag'batlantirishi uchun shart-sharoit yaratishdan iboratligi takidlab o`tilgan[1]. Bu qabul qilingan farmondan so`ng O`zbekiston Respublikasi oliy ta`lim tizimini bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o`tkazish ishlari amalga oshirilmoqda. Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrda qabul qilingan “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi[2] qaroridan so`ng O`zbekiston Respublikasi oliy ta`lim tizimida o`quv jarayonini kredit-modul tizimiga o`tkazish bo`yicha katta jarayon boshlandi. Dastlab 2020-2021 o`quv yilidan 2tadan 33tagacha bo`lgan oliy ta`lim muassasalari kredit-modul tizimiga o`tkazildi. Oliy ta`lim muassasalarining kredit-modul tizimiga o`tkazishdan maqsad xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1000ta va 500ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga kiritish va O`zbekiston Respublikasini Bolonya dekloratsiyasiga a`zo bo`lishini ta`minlash. [1] 2019 yil 8 oktyabr PF-5847 sonli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni [2] Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrda qabul qilingan “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba