TIBBIYOT ELEKTRONIKASI FANINI O'QITISHNING SAMARADORLIGINI "SINKVEYN" METODINI BILAN OSHIRISH
Annotatsiya
Tibbiyot fizikasi yo‘nalishi talabalariga tibbiyot elektronikasi dars mashg‘ulotlarini “Sinkveyn” metodini qo‘llagan holda olib borish ishlab chiqilgan. Ta’lim jarayonida mazkur metodni qo‘llashdan maqsad o‘quvchilar tomonidan mavzuni puxta o‘zlashtirishga erishish bilan birga ularni teran fikrlash, tahlil qilish, ma’lumotlarni uyg‘unlashtirish hamda mantiqiy tafakkur yuritish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. [1] “Sinkveyn” strategiyasi. J.Still, K.Meredis, Ch.Temil tomonidan ishlab chiqilgan “O‘qish va yozish asosida tanqidiy fikrlashni rivojlantirish dasturi”da har bir talaba va talabalar guruhlarining fikrlash faolligini oshirish, ularda tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish uchun “Sinkveyn” strategiyasini qo‘llash samarali ekanligi aytiladi. Bu o‘rinda strategiyaning mohiyati bilan tanishib o‘tish maqsadga muvofiqdir. Sinkveyn (fr. “besh qator” ma’nosini anglatadi) ma’lumotlarni sintezlash (alohida ma’lumotlar asosida yaxlit g‘oyalarni shakllantirish)ga yordam beradigan qofiyasiz she’r bo‘lib, u asosida o‘rganilayotgan mavzu (tushuncha, hodisa, voqea)larga oid ma’lumotlar to‘planadi; har bir o‘quvchi (talaba) ushbu ma’lumot-lar yig‘indisi (qofiyasiz she’r)ni o‘z so‘zlari bilan turli variant yoki nuqtai nazarlar orqali ifodalash imkoniyatiga ega