Asosiy kontentga oʻtish
Boshqa

Elektromagnit kuchlar ta'sirida yupqa mikroelementning magnitoelastik deformatsiyalanishi matematik modeli

Ravshan IndiaminovJ. ShodmonovAbdubakir AbdullaevTashkent University of Information TechnologyA. Oqmurodov
2022uz
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Elektronika kristal elementlari, mexanika, informatika va o’lchagich tizimlarining integrallashuvi, bu texnologiyalarning birlashishiga va mikrotizimli texnikaning yaratilishiga, hamda mikroelektromagnitomexanik tizimlarning paydo bo’lishiga olib keldi. Bog’liqli maydonlar mehanikasida tutash muhit harakatini elektromagnit effektlarni hisobga olgan holda o’rganish muhim o’rinni egallaydi. Zamonaviy yangi texnika va texnologiyalarning rivojlanishi bu effektlarni hisobga olish kerakligi zaruriyatini keltirib chiqardi. Magnitoelastiklik hozirgi davrga kelib juda muhim amaliy samara bermoqda va zamonaviy texnikaning turli sohalariga tadbiq qilinmoqda. Jumladan: mikrotizimli texnikada, mikroelektromagnitomexanik tizimlarda, real konstruktiv elementlarni hisoblashlarda, zamonaviy o’lchagich tizimlarini yaratishda, shuningdek, elektron avtomatik stansiyalarning elektron boshqaruv mashinalarida va mikroelektronika, radioelektronika, elektrotexnikaning har xil sohalarida uchraydigan elektromagnit maydoni ta’siri ostida ishlaydigan yupqa plastinka va qobiq shaklidagi konstruktiv elementlar tebranishi, mustahkamligi, kuchlanganlik holatlarini tadqiq qilishda.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba