Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

BOSHLANG'ICH SINF MATEMATIKA DARSLARI ORQALI O'QUVCHILARNING AXBOROTLAR BILAN ISHLASH KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH

ABI

Annotatsiya

Maʼlumki, boshlang‘ich taʼlimda o‘rganiladigan o‘quv fanlari taʼlimning keyingi bosqichlarida o‘rganiladigan fanlar uchun propedevtik materiallar (fanlar yuzasidan qatʼiy algoritm asosida, aniq maqsad sari quyi bosqichda o‘rganiladigan axborotlar) bilan taʼminlashni nazarda tutadi. Xususan, boshlang‘ich sinflarda matematika fani algebra, geometriya, informatika kabi fanlar uchun propedevtik materiallar (ushbu fan sohalari bo‘yicha o‘quv axborotlari) bilan ishlash (axborotlar to‘plash asosida o‘zlashtirish, birlamchi qayta ishlov berish asosida qo‘llay olish) ga o‘rgatishning dastlabki bosqichi sifatida xarakterlanadi. Shuning uchun o‘quvchilarda axborotlar bilan ishlash tayanch kompetensiyasini shakllantirishda matematika fani ustuvor hisoblanadi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba