QUYOSH FOTOELEKTRIK QURILMASI ASOSIDAGI ELEKTR QUVVATLASHGA MO'LJALLANGAN O'RINDIQLAR
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
So’nggi bir necha yil ichida dunyoni qamrab olgan energiya muammolari barcha sohalarda, shu jumladan turli xil operatsiyalarni bajarish uchun elektr energiyasini talab qiladigan jamoat ob`ektlariga ham o’z ta`sirini ko’rsatmoqda. Jamoat joylarida elektr energiyasi manbai sifatida Quyosh radiatsiyasidan foydalanish maqbul darajada amalga oshirilmagan. Ochiq ob`ektlarni an'anaviy elektr energiyasi manbalari bilan ta`minlash uzoq muddatli istiqbolda qimmat byudjet hisob-kitoblarini talab qiladi. Elektr energiyasini talab qiladigan skameykalar kabi jamoat ob`ektlarining mebel jihozlarida elektr energiyasi manbai sifatida Quyosh batareyalari (fotoelementlar)dan foydalanishni joriy etish iqtisodiy va samarali yechim bo’ladi. Shu nuqtayi nazardan, Quyosh energiyasidan ochiq ob`ektlar uchun elektr energiyasi manbai sifatida foydalanish juda muhimdir. Ushbu maqolada quyosh fotoelektrik qurilmasi asosidagi elektr quvvatlashga mo’ljallangan o’rindiqlar va ularning konstruksiyalari haqida so’z boradi.