Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

BORBAD MARVAZIY FORS VA TURKIY XALQLAR MUSIQASI ISLOHOTCHISI

Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

<strong>KIRISH</strong> Tugilgan yillari nomalum bo’lgan Borbad 6-7 asrlarda Marv va Eron poytaxti bo’lgan Ktesefon shaharlarida yashab ijod etgan va taxminan Xusrav II Parvez (591-628 yillar) taxtdan yikitilgan 628 yillargacha yashaganligi haqiqatga yaqindir. <em>Барбад </em><em>Хусрав </em><em>II </em><em>олдида ижро </em><em>қилмоқда</em><em>.</em><em>Фирдавсийнинг Шохнома достонига ишланган расм</em><em>.</em> Borbad Marvaziy asl ismi Falahbar bo’lib Niso yoki Nasa (hozirgi Ashxabod yaqinida, miloddan avvalgi III-asrlarda Parfiya podsholigining poytaxti ham bo’lgan.) deb nomlangan Xurosonning shimoliy kismida joylashgan shaharchada dunyoga keladi. Uning otasi sozanda va soz yasovchi usta bo’lganligi taxminga yaqin bo’lib, bunga Falahbad yoshlik yillaridanoq musiqa ilmini juda yaxshi egallagani va o’zi ham ko’plab soz turlarini yasay olganligi misoldir. Falahbad kuchli sozanda bo’libgina qolmay, yaxshi shoir va hofiz ham bo’lgan. U o’zi yozgan she`rlarga musika bastalar va uni o’zi ijro etardi. Yoshlik yillarida uning ota-onasi Niso shahridan uncha uzok bo’lmagan Marvga ko’chib o’tishadi. (Aytishlariga qaraganda Niso shahri suv va dov-daraxtlarga serob bo’lishiga qaramasdan, tabiiy sharoiti jihatda ancha noqulay va bezgak kasalligi xavfi kup bulganli uchun aholisi tez-tez bu erni tark etib turishgan. Falaxbod oilasining ham ko’chishiga shu sabab bo’lgan bo’lishi extimoldan xoli emas.) Marv ancha katta shahar bo’lishiga qaramasdan shu davrlarga kelib inqirozni boshidan kechirar va faqatgina xarbiy istehkom sifatida ahamiyatli edi. Buyuk Ipak yo’li o’tuvchi bu shahar Murg`ob daryosi bo’yida joylashgani uchun, dehqonchilik, bog`dorchilik qilish uchun qulay edi. Marvga ko’chib kelish Falahbad uchun o’z istedodini yanada oshirish, bu erlik ko’plab musiqa ilmining pirlaridan saboq olish imkonini beradi. Ayni shu erda u Marvaziy taxallusi bilan taniladi. O’smirlik va yigitlik yillarida Borbadning turli madaniy maskanlarida ilm o’rgangan bo’lish extimoli bor, yana uning Arab va Ajam mamlakatlari madrasalarida ta`lim haqidagi ma`lumotlar noto’g`ridir. Chunki madrasalar Arablarning o’zida VII asrga kelib vujudga kelgan va faqatgina arablar istilosi davridan boshlab tarqala boshlagan.(madrasa. Arab- o’rganmoq.)

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba