O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI TOG'-KON SANOATIDA FOYDALANILAYOTGAN TORTISH AGREGATLARI PARKINING TAHLILI
Annotatsiya
Ushbu maqolada sanoat sohasidagi tortish agregatlari parkining bugungi kundagi holati o‘rganilgan. Tadqiqot ishidan maqsad O‘zbekiston Respublikasi sanoat korxonalarida foydalanilayotgan sanoat tortish agregatlari parkining holati, ularning xizmat muddatlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi sanoat korxonalarida 70 dan ortiq PE2M, PE2U, MPE2U turidagi tortish agregatlaridan foydalanilmoqda va ularning 50% dan ortiq qismi o‘z xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan. Ushbu turdagi tortish agregatlaridan “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ, “O‘zbekko‘mir” AJ korxonalarida foydalaniladi. Ushbu korxonalar yaqin kelajakda o‘zlarining sanoat tortish agregatlari parkini yangilash yoki xizmat muddatini uzaytirish yo‘li orqali mavjud parkdan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.