PEDAGOG XODIMLAR MEHNATINI SAMARALI RAGʻBATLANTIRISHNING TAʼLIM SIFATI OSHISHIGA IJOBIY TAʼSIRI
Annotatsiya
Bugungi kunda taʻlim tizimini modernizatsiya qilishning zaruriy sharti oʻqituvchilarning taʻlim darajasini oshirish va taʻlim tizimining talablariga javob beradigan pedagogik kompetentsiyalarni shakllantirishdir. Ushbu muammoga eʻtibor kuchayishi munosabati bilan oʻqituvchilarning malakasini oshirish uchun barqaror motivatsiya masalasi paydo boʻladi. Shuning uchun ham maktabda eng iqtidorli oʻqituvchilarni saqlab qolish, maktablarni zamonaviy sharoitlarda ishlashga qodir yangi kadrlar bilan toʻldirish uchun moddiy va nomoddiy ragʻbatlantirish tizimini belgilash zarur. Hozirgi vaqtda oʻqituvchilarni samarali faoliyatga ragʻbatlantirish, ularning ehtiyojlarini qondirish uchun sharoit yaratish eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.