Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

DARAXT CHIQINDISI ASOSIDA OLINGAN KO'MIRLARDA BENZOLGA NISBATAN ADSORBSION FAOLLIGI O'ZGARISHINI O'RGANISH

Raximjon Payg'amovShahrom M. KhoshimovAcademy of Sciences Republic of UzbekistanGolibjon OchilovKokand State Pedagogical Institute named after MukimiNilufarxon Nodirjon qizi RahmonaliyevaIzzat Eshmetov
2023
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Maqolada daraxt poyalari chiqindilari asosida faollantirilgan ko’mir adsorbentlar (FK) olish usullari o’rganilgan. Ushbu turdagi adsorbentlardan suyuq va gaz fazada qo’chimcha moddalarni adsorbsiyalash uchun foydalanish ahamiyatga ega. Shu maqsadda Respublikamiz hududida o’sadigan chinor, yasen, gilos, yong’oq va o’rik daraxti poyasi chiqindilaridan FK adsorbentlar tayyorlandi hamda ularning fizik-kimyoviy, kolloid xossalari tadqiq etildi. Buning uchun dastlab o’simlik biomassasi termik hamda bug’-gaz faollantirish usullari yordamida FC namunalari olindi. Tayyorlangan namunalarning benzol bug’lari bilan adsorbsiyasi o’rganildi. Adsorbsiya izotermalari va BET nazariyasi asosida namunalarning adsorbsion xossalari (to’yinish adsorbsiyasi, monoqavat sig’imi, solishtirma sirt yuzasi) ko’rsatkichlari hamda ularning o’zgarishi batafsil yoritilgan. MHTN asosida FKlarning to’yinish adsorsiya hajmi, mezo-va mikro-g’ovaklar hajmlari aniqlandi. Bundan tashqari g’ovaklarning o’rtacha radiusi, adsorbsiya va desorbsiya jarayoni mexanizmlari, yani adsorbentga adsorbtivni yutilishiga bog’liq farazlar hamda faollantirish haroratiga adsorbsiya miqdorini bog’liqligi haqida fikrlar bayon etilgan. FK namunalarning benzol bug’i adsorbsiyasi natijalariga ko’ra, chinor daraxti poyasi chiqindilaridan 800 oС da (xavosiz sharoitda piroliz usuli bilan) suv bug’i bilan 1,5 soat davomida faollantirib olingan ko’mir adsorbentining adsorbsiya miqdori, g’ovaklar hajmi qolgan namunalarga nisbatan yuqori ekanligi aniqlandi. Ushbu FK namunalarini kimyo sanoatning turli sohalarida ishlab chiqarish mahsulotlarini organik birikmalardan tozalash maqsadida adsorbent sifatida ishlatish mumkin.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba