SANOAT TARMOG'IDA KORXONALAR RAQOBATBARDOSHLIGINI BOSHQARISH MEXANIZMLARI
Annotatsiya
Monografiyada to‘qimachilik sanoati korxonalari klasterlashuvining o‘ziga xos jihatlari hamda ular faoliyatini klasterli yondashuv asosida boshqarishning o‘ziga xos xususiyatlarining ilmiy-uslubiy jihatlarini tadqiq etish; to‘qimachilik sanoati klasterlarini investitsiyalashda faoliyat investitsion jozibadorligini baholashning uslubiy asoslarini nazariy-uslubiy jihatdan o‘rganish; to‘qimachilik va yengil sanoat tarmog‘i rivojlanishini statistik ma’lumotlar asosida tahlil qilish va tarmoq rivojlanishidagi o‘zgarish tendensiyalarini baholash; to‘qimachilik klasterlari faoliyatini tashkil etish va boshqarishga ta’sir etuvchi omillarni hamda klasterlardagi integratsiya jarayonlari raqobatbardoshligini tarmoqli yondashuv asosida baholash; to‘qimachilik klasterlari faoliyatini boshqarish jarayonida foydalanish uchun ko‘p omilli modellar va o‘rta muddatli davr uchun prognoz ko‘rsatkichlarni ishlab chiqish; to‘qimachilik sanoati klasterlar faoliyatini rivojlantirishda davlatning qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish; hududiy to‘qimachilik klasterlarining tashkiliy-iqtisodiy hamda boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish yo‘nalishida taklif va tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.