Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

Dermatoskopiyadan teri melanomasini tashxislash usuli sifatida foydalanish tajribamiz

Полатова Д.Ш.Ибрагимова Д.А.2nd year ordinator of the Oncology and Medical Radiology Department of the Tashkent State Dental InstituteСавкин А.В.- kurs ordinatori Tagaev J.A.- kurs ordinatori Sabirova M.B.
2023
ABI

Annotatsiya

Dolzarbligi: Ko'p turdagi terining xafvsiz o'smalari klinik ko'rinishidan melanoma va boshqa xavfli teri o'smalariga o’xshashi mumkin. Teri xavfli o’smalari asosan bosh va bo'yin sohalarida (81,4% gacha) kuzatiladi. Bundan tashqari tanada 3,8%, oyoqlarda taxminan 9,8% va qo'llarda esa taxminan 5% kuzatilishi mumkin. Ularning xavflilik darajasi tez-tez qaytalanishi, gematogen metastazlarning erta paydo bo'lishi bilan tavsiflanadi. Maxsus qurilma - dermatoskop yordamida shifokor har qanday teri o’zgarishlarini bir necha marta kattalashtirish imkoniga ega, uning tuzilishini, o'sish shaklini, patologik jarayonning xavfliligini yoki xafvsizligini bilib olishi mumkin. Dermatoskopiya, ayniqsa, melanotsitar va melanotsitar bo'lmagan xavfli o'sma shakllanishini erta tashxislash uchun dolzarb masaladir.Tadqiqot maqsadi: Pigmentli teri o’smalarini differensial diagnostika qilish uchun dermatoskopiyadan foydalanish.Materiallar va uslublar: 2022 yilda O‘zbekiston Respublikasi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi klinikasida teri o‘smalari bilan ko‘rikdan o‘tgan bemorlarning klinik ma’lumotlari tahlili o‘tkazildi. Barcha bemorlar yuqori sifatli DELTA 30 (HEINE Optotechnik, Germaniya) dermatoskopi yordamida teri pigmentli o’zgarishlarini dermoskopik tekshirishdan o'tkazildi. Qabul chog‘ida raqamli foto hujjatlashtirish ishlari olib borildi.Natijalar: 35 nafar bemor maslahat uchun kelgan, ulardan 28 nafari ayol va 7 nafari erkak. Bemorlarning aksariyati (n=23) 60 yoshgacha bo'lgan mehnatga layoqatli aholi, o'rtacha yoshi 47 yoshni tashkil etdi. Teri melanomasi tashxisi 5 (14%) bemorda qo’yilgan, qolgan bemorlar teri saratoni tashxisisiz dinamik kuzatuvga (xar 6 oyda bir martta tekshiruvdan o’tish) uchun yuborilgan.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba