Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

INVESTIGATION OF THE ELEMENTAL COMPOSITION OF THE PLANT PRUNUS CERASUS L. BY ICP-MS.

M KomolovaFergana Stete UniversityНазаров Отабек МамадалиевичFergana Stete UniversityI MamajanovaFergana Stete University
2023en
ABI

Annotatsiya

Olcha o‘simligining bargi, mevasi, sopi va danagi elementar tarkibi unduktiv bog‘langan plazmali mass-spektrometriya usuli bilan tadqiq qilindi. Os‘imlikning tadqiq qilingan namunalarida 43 ta makro- va mikroelementlar miqdori aniqlandi. Bargi tarkibida 24908,25 mg/l, sopida 18145,57 mg/l, danagida 16277,86 mg/l va mevasida 13365,99 mg/l miqdorda elementlar aniqlandi. Olchaning bargi, danagi va mevasi tarkibida kaltsiy, sopida esa kaliy eng yuqori miqdorga ega. Makroelementlar umumiy miqdori quyidagi tartibda kamyib boradi: bargida 23125,221 mg/l, sopida 17192,303 mg/l, danagida - 15037,554 mg/l, mevasida 12810,727 mg/l ni tashkil etdi. Makroelementlar miqdori umumiy mineral tarkibga nisbatan danagida 92,84%, mevasida 94,75%, bargida 92,38% va sopida 95,84% ni tashkil etdi. Mikroelementlar orasida Fe, Si, Al, Sr, Mn, B, Ti, Zn va Cu kabi elementlar ko‘proq miqdorga ega. Tadqiq qilingan namunalarda temirni miqdori ancha yuqori bo‘lib, 347,638 mg/l dan 1018,509 mg/l ni tashkil etdi. Toksik elementlar orasida Pb, Hg, Cd va As aniqlangan bo‘lib, ular orasida qo‘rg‘oshin nisbatan yuqori konsentratsiyaga egadir. Barglari va danagida qo‘rg‘oshinning miqdori sopi va mevasiga nisbatan yuqoridir.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar