Investigation of the yield of products in the production of soap by direct decomposition of technical straw into fatty acids
Annotatsiya
Tadqiqotning maqsadi — xo'jalik va atirsovuni ishlab chiqarishda texnik salomasni bevosita (to'g'ridan-to'g'ri) parchalash usulida yog' kislotalari va glitserin chiqishini aniqlashtirishdan iborat. Tadqiqotlar natijasida triglitseridlarning parchalanish chuqurligi va hosil bo'ladigan moddalarning molekulyar massasini inobatga olgan holda, xomashyo va hosil bo'ladigan mahsulotlar balansi ishlab chiqilgan. Unga ko'ra, texnik salomasni yog' kislotalariga parchalash jarayonida glitserin hosil bo'lishi hisobiga yog' kislotalari massasining yo'qotilishi amalda hisoblanadigan 8,6% emas, balki maksimal parchalanish sharoitida 4,36% dan oshmasligi aniqlangan. Hisoblashlar yo'li bilan paxta moyidan olingan salomasni parchalashda 10,55% miqdorida glitserin hosil bo'lishi, reaksiyada ishtirok etadigan suv miqdori 6,19% ni tashkil etishi va bu suvning ulushi glitserin massasining 58% miqdoriga teng o'zgarmas ko'rsatkich ekanligi keltirilgan. Natijalarni amalda qo'llash — 1 t 70% li xo'jalik sovuni ishlab chiqarishda 18,6 kg gacha yog' kislotalarini tejash mumkinligi ishlab chiqarish sharoitida isbotlangan.
Hali tarjima qilinmagan