MIRZO ULUG‘BEK ILMIY MEROSIGA BIR NAZAR
Annotatsiya
Dunyo astronomiya fani taraqqiyotida o‘rta asr Sharq astronomiyasi, jumladan, Markaziy Osiyo olimlarining faoliyati alohida o‘rin tutadi. Bu davrda, ayniqsa, Quyosh, Oy va sayyoralarning harakat nazariyasi, amaliy astronomiyaning vaqt va joyning geografik koordinatalarini aniqlashga doir masalalari bo‘yicha O‘rta Osiyo, xususan, o‘zbek allomalari juda boy meros qoldirdilar. Mazkur maqolada Quyosh, Oy va sayyoralarning harakatlarini o‘rganish bo‘yicha Ulug‘bek va uning maktabi qo‘ygan poydevor astronomiya fanining shakllanishida muhim o‘rin tutganligi, shuningdek, olim va uning ilmiy merosi o‘sha davr reaksion va progressiv kuchlari tomonidan qattiq tazyiqqa uchraganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bayon qilingan.
Hali tarjima qilinmagan