RHUS GLABRA O‘SIMLIGIDAN AJRATIB OLINGAN PS-5 MODDASINING ANTIOKSIDANT XUSUSIYATLARINI ANIQLASH
Annotatsiya
Bugungi kunda dunyoda Rhus glabra o‘simliklarining damlamalari va ekstraktlari xalq tabobatida ham, rasmiy tibbiyotda ham keng qo‘llaniladi, ularning farmakologik ta’siri ko‘p miqdordagi biologik faol moddalar (BFM) mavjudligi bilan bog‘liq ekanligi aniqlangan. Mazkur o‘simlikining kimyoviy tarkibini xromatografik va spektral usullar asosida o‘rganishlar tarkibida ikkilamchi metabolitlar sifatida vitaminlar - retinal, xolekalsiferol hosilasi, tokoferol, flavonoidlar va ksantonlar va boshqalar guruhi keng tarqalganligi aniqlangan. Bu turga mansub o‘simliklardan yuqorida qayd etilgan barcha biologik faol moddalar ularning farmakologik ta’sirining keng doirasini –antioksidant, immunomodulyator, antitoksik, o‘smaga qarshi va boshqa xususiyatlarga ega ekanligini tahmin qilish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Inson tanasi kislorod radikallarining zararli ta’siridan himoya qilish tizimiga ega. Biroq, bir qator patologik kasalliklarda organizmning bu tizimi kislorod radikallarining ommaviy chiqishiga bardosh bera olmaydi. Shu sababli, erkin radikal oksidlanishiga ta’sir qilish uchun antioksidantlar turli yurak-qon tomir kasalliklarini davolashda qo‘llanila boshlandi Bugungi kunda ikkilamchi metabolitlar orasida flavonoid birikmalarining bir guruhi (kversetin, rutin) antioksidant xususiyatlarga ega ekanligi ma’lum..
Hali tarjima qilinmagan