Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

FIZIK-KIMYOVIY USULLAR, RENTGYEN FLUORESSENTI YORDAMIDA ARXEOLOGIK TOPILMALARNI TARKIBINI O'RGANISH

A. A. DiyarovSamarqand arxeologiya instituti, Samarqand., O‘zbekistonB.P. AvazgeldiyevSamarqand arxeologiya instituti, Samarqand., O‘zbekiston
2023en
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada, qadimiy Termizning shimoli-sharqiy qismida joylashgan I-IV-asrga oid, Kushonlar imperiyasi davriga tegishli buddaviy gʻor ibodatxonalari majmuasida 2003-yildagi oʻzbek-yapon qoʻshma arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan qoʻlga kiritilgan, ganchdan yasalgan Arxeologik artifakt parchalaridagi mineral boʻyoqlar tarkibi, Rigaku firmasining NEX DE energiya dispersiv rentgen fluoressenti spektrometridan foydalanib oʻrganildi. Tahlil qilingan oq, qora, va qizil rangga boʻyalgan qismlarda asosiy rang beruvchilar sifatida qora rangda uglerod (C) qorasidan, qizil rangda gematit (Fe 2 O 3 ) dan, oq rangda gips (CaSO 4 ‧2H 2 O) dan foydalanilgan. Boʻyoq hosil qilishda gips (CaSO 4 ‧2H 2 O), kaltsit (CaCO 3 ), va kaolin Al 2 O 3 ‧2SiO 2 ‧2H 2 O lar asosi xomashyo boʻlan degan fikrga kelindi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar