АYRIM GIDROLIZLАNUVCHI TАNINLАRNING KАLАMUSH АORTА SILLIQ MUSKULIGА VАZORELАKSАNT TА`SIRINI TАVSIFLАSH
Annotatsiya
Mavjud ma`lumotlarga koʼra, qon tomirlarning meʼyoriy funktsiyasi qon – tomir silliq muskul hujayralari membranasida va sarkoplazmatik retikulumda joylashgan turli xil ion transport tizimlari faoliyati orqali taʼminlanadi [1,2]. Bunda plazmalemmada joylashgan potentsialga bogʼliq Ca2+-kanallari muhim oʼrin egallab, silliq muskul hujayralarida qisqarish funktsiyasini amalga oshishida Ca2+-transport tizimlari markaziy komponentlardan biri hisoblanishi taʼkidlangan [4]. Yuqorida keltirilgan maʼluomtlarni hisobga olib, ushbu tadqiqot ishining maqsadi 1-O-galloil-4,6-geksagidroksidifenoil-β-D-glyukoza (1-GT) gidrolizlanuvchi taninining relaksant taʼsir mexanizmini oʼrganishdan iborat.