JADIDCHILIK HARAKATI VA JADID ADABIYOTINING YUZAGA KELISHI
Annotatsiya
XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida Turkiston ijtimoiy-siyosiy hayotida jadidichilik harakati keng quloch yoyib rivojlandi. «Jadid» so‘zi arabcha yangi usul degan ma’noni anglatadi. Jadidchilik harakati Turkistonda XIX asrning oxirida quruq madaniy-ma’rifiy harakatning, ya’ni eski maktablarning qiyin o‘qitish tizimiga nisbatan yengil tovuch usuliga asoslangan yangi uslub (metod) asosida o‘qitishga o‘tishdangina iborat emasdi, ayni chog‘da turk-islom huquqiy munosabatlarining millatga o‘rgatilishi, milliy-ma’rifiy, taraqqiyot va milliy istiqlol muammolarini ham o‘z ichiga olgan edi. Bu harakatning vujudga kelishida O‘rta va Yaqin Sharq mamlakatlarida keng quloch yoyib rivojlangan turli oqimlar va Turkiyadagi «Ittihodiy va taraqqiy», «Yosh turklar» harakatining ta’siri katta bo‘ldi.
Hali tarjima qilinmagan