Boʻlajak tibbiyot xodimlarining asosiy til malakalarini takomillashtirish usullari
2023uz
ABI
Annotatsiya
Ushbu tezisda bo’lajak tibbiyot xodimlarining asosiy til malakalarini takomillashtirish masalalari muhokama qilingan. Tibbiyotda muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun kommunikatsiya ko’nikmalari va tibbiy terminologiyani mukammal o’zlashtirish muhim ahamiyatga ega. Maqolada til malakalarini rivojlantirishning o’ziga xos usullari, jumladan, interfaol mashg’ulotlar, simulyatsiyalar, kasbiy muloqot bo’yicha treninglar va lingvistik texnologiyalarni qo’llashning samaradorligi tahlil qilinadi. Shuningdek, til ko’nikmalarining bemorlar bilan muloqotda, ilmiy tadqiqotlarda va xalqaro hamkorlikda tutgan o’rni va bu boradagi dolzarb muammolar yoritilgan.
Identifikatorlar
Iqtiboslar va manbalar
0 ta iqtibos2 ta foydalanilgan manba