GALOGEN O‘RINBOSARLAR SAQLAGAN ATSETILEN SPIRTLARINI OKSIDLASH ASOSIDA KETONLAR SINTEZI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Tarkibida galogen o’rinbosarlari bo’lgan atsetilen spirtlarini oksidlash yo’li bilan tegishli ketonlarni sintez qilish. Tadqiqot ob’ekti sifatida galogen o‘rinbosarlar saqlagan atsetilen spirtlari, jumladan 1-(2-xlorfenil)-3-fenilpropin-2-ol-1 (1a), 1-(2,4-dixlorfenil)-3-fenilpropin-2-ol-1 (2a) va 1-(4-bromofenil)-3-fenilpropin-2-ol-1 (3a) asetilen spirtlari tanlangan. Tadqiqot ob’ekti sifatida tanlangan 1a, 2a va 3a atsetilen spirtlarining oksidlanish jarayoni birinchi marta katalizator ishtirokisiz ochiq havoda o’tkazildi. Natijada, 1-(2-xlorofenil)-3-fenilpropin-2-on-1 (1b), 1-(2,4-dixlorfenil)-3-fenilpropin-2-on-1 (2b) va 1-(4-bromofenil)-3-fenilpropin-2-on-1 (3b) kabi mos ravishdagi turli unumdorlikda hosil bo‘ldi.