Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

O‘ZBЕKLARDA ULOQ-KO‘PKARI O‘YININING TARIXI XUSUSIDA

2024uz
ABI

Annotatsiya

O‘zbek xalqining ot bilan bog‘liq juda ko‘p o‘yinlari mavjud. “Ko‘pkari-uloq”, “Poyga”, “Qiz quvmoq”, “Ag‘darish”, “Ot ustida qilichbozlik”, “Oltin qoboq”, “Chavgon”, “Sulton shahzoda” (boshdan parni urib tushurish) shular jumlasidandir. Bugungi kunda “Qiz quvmoq”, “Oltin qoboq”, “Chavgon” o‘yinlari tarixiy etnosport turlariga aylangan bo‘lsada, “Ko‘pkari-uloq” hozirda ham o‘ynaladigan ot o‘yinlarining eng yirigi va keng yoyilganlaridan biridir. Bugungi kunda Tojikiston va Afg’oniston hududida “bo’zkashi” deb o’ynaladigan o’yinning ham o’zagini o’zbek ko’pkarisi tashkil qiladi. O’zbekiston hududi ko’pkariga chopadigan zotdor otlar – qorabayirlar o’lkasi ekanini ham alohida ta’kidlamoq joiz. Zero, o’zbek xalqining maqollar xazinasidan “Ot-yigitning yo'ldoshi”, “Ot-yigitning qanoti” kabi yuzlab maqollar o’rin olgani ham otning azaldan o’zbeklarning ijtimoiy turmush hayotida muhim o’rin tutganini ko’rsatadi. O’zbeklarda bu mashhur ot o’yini ko’pkari, uloq, eski shaklda esa ko’kbo’ri nomlari bilan atalgan. U O’zbekistonning deyarli barcha hududlarida o’ynalgani haqida yozma va etnografik manbalarda ma’lumotlar mavjud. Ushbu o’yinning asosan sunnat to’ylarda o’tkazilishi esa uning xalq tili bilan aytganda “er yigitning ori” ekanidan darak beradi. O’zbeklarda ko’pkarining ma’nodoshi sifatida ishlatiladigan “uloq” so’zi ushbu o’yinda otdan keyin ikkinchi markaziy o’rinni egallangan “o’g’laq” (echki) o’zagi bilan aloqadordir, bu o’yin ko’p hollarda echkini qo’lma-qo’l olib qochib marraga yetkazish bilan xususiyatlanadi. Bu o’yin shuningdek o’zbeklarda o’troq dehqonchilik bilan birga xo’jalikning yana bir muhim sohasi – dasht chorvachiligi ham taraqqiy qilganini ko’rsatadi. Markaziy Osiyoda uloq-ko‘pkari etnosport turi xususida ko‘plab maqolalar yozilgan, jismoniy tarbiya va sport tarixida eng ko‘p o‘rganilgan mavzulardan hisoblanadi. Shunga qaramay, o‘zbek xalqi yoki umumiy turkiy tarixning qaysi davrida bu o‘yin va uning nomi yuzaga kelgani masalasi ochiqligicha qolmoqda. Quyidagi maqolada mavjud yozma manbalar va tadqiqotlar ma’lumotlariga tayanib, o‘zbeklarda uloq ko‘pkari o‘yinining paydo bo‘lishi va tadrijiy rivojlanishi haqida so‘z yuritiladi.

Mavzular

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba