LIMONO’T (MELISSA OFICINALIS L) O’SIMLIGI TARKIBIDAGI SUVDA ERUVCHAN VITAMINLARNI YUSSX USULDA ANIQLASH
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Ushbu maqola mamlakatimizda o’suvchi limono’t (Melissa officinalis L) o’simligiga asab kasalliklarini davolashda ishlatiladigan sintetik dori vositalari o’rnini bosish xususiyatlarini beruvchi vitaminlar miqdorini analiz qilishga qaratilgan. Limono’tining xlorid kislotaning 0,1 N suvli eritmasidagi ekstrakti tarkibidagi vitaminlar miqdorini yuqori samaralik suyuqlik xromotografiyasi usulida aniqlanganda vitaminlar miqdori quyidagicha tartibda: B1 - 22.348, B9-16.3, B6- 1.778, C-1.778, B3-1.778, B2 - 0.950, PP -0.091 mg/g da bo’lishi o’z tasdig’ini topdi. Bu esa ushbu o’simlikni asab kasalliklarini oldini olish va davolashda samarali vositalar ishlab chiqarishda istiqbolli dorivor o’simliklar qatoriga kiritish imkonini beradi.