декоративный, ландшафтный дизайн, озеленение городов. TOSHKENT BOTANIKA BOG‘IGA INTRODUKSIYA QILINGAN MANZARALI LONICERA KOROLKOWII STAPF (CAPRIFOLIACEAE JUSS.) NING GULLASH DINAMIKASI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Ilk bor Toshkent Botanika bog‘i sharoitida Lonicera korolkowii Stapf ning kunlik va mavsumiy gullash dinamikasi havo harorati va havoning nisbiy namligiga bog‘liq holda о‘rganilgan. 2 yillik (2022-2023 yy.) gullash dinamikasi bо‘yicha olingan qiyosiy natijalarga kо‘ra, 2022-yilga nisbatan 2023-yilda gullash fazasining 8 kun oldin (28.03) boshlanganligi (havo harorati 27 oС, havoning nisbiy namligi 34%) va gullashining 5 kun erta tugaganligi (14.04) kuzatildi. Bu – havo haroratining 2022-y. ga (14 oС, 47%) nisbatan 2023-y. da kо‘tarilganligi (33 oС) va havoning nisbiy namligiga (28%) bog‘liqligi bilan izohlanadi. Bu holat bevosita urug‘ mahsuldorligining ham ortishiga sabab bо‘lgan, ya’ni 2022-y. urug‘ mahsuldorlik koeffitsiyenti nisbatan pastroq (72,0%), 2023-y. esa yuqori (86,4%) kо‘rsatkichni tashkil etdi. Lonicera korolkowii ning introduksiya sharoitida gullash dinamikasi va urug‘ mahsuldorligini о‘rganish – kelgusida ushbu turni о‘rmonchilik, landshaft dizayni yoki kо‘kalamzorlashtirishga joriy etishda qaysi sohalarda qо‘llash yoki qancha miqdorda foydalanish imkonini beradi. Toshkent Botanika bog‘ida yaxshi gullab, meva hosil qilishi – introduksiya muvaffaqiyati hisoblanib, ushbu sharoitga tо‘liq moslashganligini kо‘rsatadi. Shu boisdan о‘simlikni respublikamiz shaharlarini kо‘kalamzorlashtirishda manzarali о‘simlik sifatida tavsiya etish mumkin.