O'SIMLIK CHIQINDILARI ASOSIDA OLINGAN UGLERODLI MATERIALLARNING ADSORBSION XOSSALARI
Annotatsiya
Maqolada qizilmiya chiqindilari asosida termik va KOH bilan termokimyoviy faollashtirib olingan ko‘mir adsorbentlarda benzol va suv bug‘i adsorbiyasi o‘rganilgan. Ushbu turdagi adsorbentlardan suyuq va gaz fazada qo‘chimcha moddalarni adsorbsiyalash uchun foydalanish ahamiyatga ega. Shu maqsadda Respublikamiz hududida o‘sadigan qizilmiya o‘simligi ildizi chiqindilaridan faollashtirilgan ko‘mir (FK) adsorbentlar tayyorlandi hamda ularning fizik-kimyoviy, kolloid xossalari tadqiq etildi. Tayyorlangan namunalarning benzol va suv bug‘lari bilan adsorbsiyasi o‘rganildi. Adsorbsiya izotermalari va BET nazariyasi asosida namunalarning adsorbsion xossalari (to‘yinish adsorbsiyasi, monoqavat sig‘imi, solishtirma sirt yuzasi) ko‘rsatkichlari hamda ularning o‘zgarishi batafsil yoritilgan. FK namunalarning benzol bug‘i adsorbsiyasi natijalariga ko‘ra, qizilmiya ildizpoyasi chiqindilaridan 800oС da (xavosiz sharoitda piroliz usuli bilan) KOH bilan 1:5 nisbatda 2 soat davomida faollashtirib olingan ko‘mir adsorbentining adsorbsiya miqdori, g‘ovaklar hajmi qolgan namunalarga nisbatan yuqori ekanligi aniqlandi. Ushbu FK namunalarini kimyo sanoatning turli sohalarida ishlab chiqarish mahsulotlarini zararli birikmalardan tozalash maqsadida adsorbent sifatida ishlatish mumkin
Hali tarjima qilinmagan