MAGNETIT Fe3O4 NANOZARRACHALARINI KIRITISH BILAN FAOLLANTIRILGAN KO'MIRNING TEKSTURAVIY VA ADSORBSION XUSUSIYATLARINI O'RGANISH
Annotatsiya
Ushbu maqolada aktivlangan ko‘mir (AU-850)ning teksturaviy va adsorbsion xususiyatlariga Fe3O4 nanozarrachalari bilan modifikatsiya qilish ta'siri o‘rganilgan. Modifikatsiyadan oldin va keyin ko‘mirning tuzilishdagi o‘zgarishlari va funksional guruhlari IK-spektroskopiya va azot adsorbsiyasi-desorbsiyasi izotermalari yordamida o‘rganildi. Fe3O4 nanozarrachalarini kiritish natijasida g’ovaklarning qisman to‘silishi tufayli mikro va mezog'ovaklarning hajmi va yuzasi kamayishi, ammo materialning umumiy mezog'ovak tuzilishi saqlanib qolishi ko‘rsatildi. IK-spektrlarining piklari holati va intensivligidagi o‘zgarishlar nanozarrachalarning ko‘mirning funksional guruhlari bilan o‘zaro ta'sirini hamda kristall binafsha bo‘yoqning adsorbsiyasi vaqtida vodorod bog'lanishlarining hosil bo‘lishini ko‘rsatadi. Olingan natijalar ko‘mir asosidagi magnetit kompozitlardan organik ifloslantiruvchilarni suvdan tozalash jarayonlarida foydalanishning salohiyatini ta’kidlaydi.
Hali tarjima qilinmagan