Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

MAGNETIT Fe3O4 NANOZARRACHALARINI KIRITISH BILAN FAOLLANTIRILGAN KO'MIRNING TEKSTURAVIY VA ADSORBSION XUSUSIYATLARINI O'RGANISH

Golibjon OchilovKokand State Pedagogical Institute named after MukimiShahrom M. KhoshimovAcademy of Sciences Republic of UzbekistanDilshod XaydarovAcademy of Sciences Republic of UzbekistanMansurxon MexmonxonovNamangan Engineering Pedagogical InstituteKamoliddin XoliqovTashkent University of Information Technology
2024
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada aktivlangan ko‘mir (AU-850)ning teksturaviy va adsorbsion xususiyatlariga Fe3O4 nanozarrachalari bilan modifikatsiya qilish ta'siri o‘rganilgan. Modifikatsiyadan oldin va keyin ko‘mirning tuzilishdagi o‘zgarishlari va funksional guruhlari IK-spektroskopiya va azot adsorbsiyasi-desorbsiyasi izotermalari yordamida o‘rganildi. Fe3O4 nanozarrachalarini kiritish natijasida g’ovaklarning qisman to‘silishi tufayli mikro va mezog'ovaklarning hajmi va yuzasi kamayishi, ammo materialning umumiy mezog'ovak tuzilishi saqlanib qolishi ko‘rsatildi. IK-spektrlarining piklari holati va intensivligidagi o‘zgarishlar nanozarrachalarning ko‘mirning funksional guruhlari bilan o‘zaro ta'sirini hamda kristall binafsha bo‘yoqning adsorbsiyasi vaqtida vodorod bog'lanishlarining hosil bo‘lishini ko‘rsatadi. Olingan natijalar ko‘mir asosidagi magnetit kompozitlardan organik ifloslantiruvchilarni suvdan tozalash jarayonlarida foydalanishning salohiyatini ta’kidlaydi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba