Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

BUKANTOV TOGʻLARIDA KOSMIKSURAT MATERIALLARINI TALQIN QILISH ORQALI KOSMOSTRUKTURALARNI O'RGANISH (KOKPATAS MA'DANLI MAYDONI MISOLIDA)

Sunnatillo Ro'ziyevNational University of Uzbekistan
2024uz
ABI

Annotatsiya

Hozirgi vaqtda ma’dan konlarining shakllanish qonuniyatlarini va bashoratlashni o‘rganishda strukturaviy-geologik tadqiqotlar dunyoda ustuvor ahamiyat kasb etmoqda, shu bilan birga Yerni masofadan zondlash (YMZ) usullarining roli ham o‘sib bormoqda.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23-iyuldagi № PQ-4401-son “Yer qa’rini geologik o‘rganishni yanada takomillashtirish toʻgʻrisidagi” qarori ham muhim vazifa hisoblanib, yer yuzasida aniq belgilarga ega bo‘lmagan, chuqurlikda yotuvchi yangi ma’dan obyektlari hozirgi vaqtda mineral-xomashyo bazasini to‘ldirish uchun turli usullarni qo‘llashga turtki bo‘ladi.Shu bilan birga, erta va kech paleozoy dislokatsiyalari va ustsurilmali zonalarga alohida e’tibor berilmoqda. Bashoratlash vazifalarini hal qilishda eng istiqbolli yondashuv yuqori aniqlikdagi kosmik materiallarni ko‘p kanalli deshifrovka qilish natijalaridan foydalangan holda hududning geologik tuzilishini tahlil qilishdir.Masofaviy usullar yordamida ushbu muammoni hal qilish bashoratlashning ishonchliligini oshirishga yordam beradi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba