SURXONDARYO VILOYATIDA TRANSPORT TIZIMI RIVOJLANISHINING AHAMIYATI
Annotatsiya
Maqolada Surxondaryo viloyatida geografik jihatdan ma'lumki, har qanday katta yoki kichik hududlar, shu jumladan alohida olingan hududlar aloqasi qanchalik yuqori izchil bo'lishi, mehnat unumdorligining oshishiga, iqtisodiy aloqalarning ta'siri kengayishi va rivojlanishi ilmiy adabiyotlar asosida bayon etilgan Transport tizimlarini viloyat miqyosida tadqiq qilish shuni ko'rsatadiki, qishloq tumanlarining ko'pchiligi transport salohiyati kuchsiz, bu esa ularning mineral xomashyo salohiyatidan samarali foydalanish imkonini bermaydi. Shu sababdan, mavjud transport hududiy tizimlarini rivojlanishi va kengayishini ta'minlash, ularni modernizatsiya qilish, viloyat transport tizimini hududiy jihatdan takomillashtirish bugungi kunning dolzarb masalalaridandir. Transport iqtisodiyotning muhim tarmog'i va ayni vaqtda infratuzilma elamenti ekanligi uni keng miqyosda tahlil va tadqiq qilishni nazarda tutadi.Kalit so'zlar: Surxondaryo, viloyat, shahar, qishloq, yo'l, temir yo'l, transport, iqtisodiyot, hudud, tabiiy sharoit, sanoat, korxona.
Hali tarjima qilinmagan