Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

Yurak ıshemık kasallıgını davolashda stentlash va optımal medıkamentoz terapıya o‘rtasıdagı klınık-laborator farqlar

Abror AbdusamatovToshkent Tibbiyot AkademiyasiН НуриллаеваToshkent Tibbiyot Akademiyasi
2024tr
ABI

Annotatsiya

Tadqiqotning maqsadi yurak ishemik kasalligi bor bemorlarda xavf omillari va klinik-laborator ko‘rsatkichlarning o‘tkazilayotgan davolash usuli – stentlash yoki optimal medikamentoz terapiyaga bog‘liqligini o‘rganish bo‘ldi. Tadqiqotga 70 nafar bemor jalb etildi: ularning 37 nafari optimal medikamentoz terapiyada, 33 nafari esa stentlash amaliyotidan o‘tgan. Xolesterin, triglitseridlar va och qoringa qondagi glyukoza miqdori kabi biokimyoviy ko‘rsatkichlar, shuningdek, yurakning haydalish fraksiyasi kabi funksional ko‘rsatkichlar tahlil qilindi. Tadqiqot natijasida guruhlar o‘rtasida biokimyoviy va funksional ko‘rsatkichlar bo‘yicha statistik jihatdan sezilarli farqlar aniqlanmadi. Har ikkala davolash usuli ham bir xil samaradorlikni ko‘rsatdi. Stentlash davolashning muhim usuli bo‘lib qolmoqda, shu bilan birga optimal medikamentoz terapiya ham o‘z samaradorligini namoyon etmoqda.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba