Alisher Navoiyning tasavvufiy qarashlari
Annotatsiya
Mir Alisher Navoiy musulmon olamida XV asrning atoqli, mashhur shoiri va mutafakkiri hisoblanadi. Navoiy asarlaridan s o'fiylik ta'limotini ko'plab topish mumkin. Navoiy o'z asarlarida tasavvufiy ilmga ko'plab murojaat qilgan. So'fiylar hamda Islom ta'limoti Islom jamiyatida azaldan muhim o'rin tutib kelgan. Bu ta'limotlar odamlarning idroki va botiniga ta'sir k o'rsatib, insonparvarlik xatti- harakatlarining asosi bo'ldi. So'fiylar, shoir va mutafakkirlar tasavvufiy ta'limotlarni taqdim etish orqali odamlarning tafakkuri va faollik darajasini yuksaltirishga harakat qilganlar. Alisher Navoiy hijriy X asrning koʻzga koʻringan mu sulmon shoiri va mutafakkirlaridan biri sifatida, uning qarashlarida, asarlarida yaqqol k o'rinib turadiki, u o'z davri jamiyatida hukmronlik qilgan an'ana, islom ta'limoti va madaniyatidan to'liq xabardor b o'lgan. Ammo uning asarlarida tasavvufiy ta' limotlar bormi? Uning asarlarida qaysi s o'fiylik ta'limotiga k o'proq ur g'u berilgan? Tasavvufiy tushunchalarni qayta talqin qilishda uning ahamiyati va hissasi qanday? Shoir g'azallarida maqom va holatlarni (Maqomot va Ahvol) hamda k o'plab tasavvufiy unsurlarni ishlatgan. Navoiy tasavvufiy istilohotlar yordamida, riyokorlikni tanqid qilish, ilohiy ishq tushunchasini tushuntirish, xudbinlik moyilligidan xalos b o'lish, qayg'ulardan qutulish, Xudoga yaqinlik, fano va shuhudni izohlaydi. Ushbu maqolada Navoiy asarlarida keltirilgan tasavvufiy ta'limotlar, xususan, amaliy tasavvuf davri va uni to'la namoyon etuvchi tavba tushunchasidan tortib, fano (y o'qlik) tushunchasigacha ifodalashga harakat qilingan.