Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

O'zbek tilida assotsiativ maydon va uning birliklari tahlili

2024uz
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Olamning lisoniy manzarasi tahlilida insonning tashqi olam haqidagi tasavvuri va uning tilda aks etishi masalasini o'rganish muhim ahamiyatga ega. Olamning tilda aks etishida assotsiativ tafakkurning o'rni, til birliklarining assotsiativ aloqasi, shu aloqaga ko'ra ma'lum guruhlarga birikuvi, gapni yoki matnni hosil qilishdagi o'rni assotsiativ yondashuvning ahamiyati yuqori ekanligini ko'rsatadi. Tilni o'rganishga assotsiativ yondashuv, assotsiativ tahlil metodlari til materiallarini uning egasidan alohida o'rganishga yo'l qo'ymaydi. Assotsiativ tahlil asosida muayyan til egalarining voqelikni idrok etishi, kognitiv bilimi, lisoniy qobiliyati va xotirasi imkoniyatlari, leksik birliklari zaxirasi o'rganiladi. Ushbu maqolada assotsiativ maydonning o'zbek tilidagi tavsifi, unga oid ilmiy qarashlar, maydonning markaziy va chegara birliklari o'rtasidagi munosabat, maydonning leksik, semantik va sintaktik xususiyatlari, assotsiativ birliklar o'rganilgan. Tajriba asosida assotsiativ birliklar orqali sintaktik birikmalarning shakllanishi tahlil qilinadi. Mavzuni yoritishda tavsiflash, tasniflash, qiyoslash, statistik, assotsiativ tajriba metodlaridan foydalanilgan.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba