BUXORO VILOYATI SHAROITIDA KUZGI BUG‘DOY YETISHTIRISHDA AYRIM BIOSTIMULYATORLARNI QO‘LLASH ORQALI YUQORI HOSILDORLIKKA ERISHISH
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Agrobiotexnologiyalar qator afzalliklarga ega bo‘lib, biologik preparatlar va biologik biostimulyatorlardan foydalanish osonligi; yashash muhitiga oson moslashuvchanligi, fermentativ reaksiyalarning katta tezlikda amalga oshishi, vaqt birligiga nisbatan biokimyoviy faolligining yuqori bo‘lishi hamda hujayralar massasining tez o‘sishi qayd qilinadi. Xuddi shuningdek, bir vaqtning o‘zida tuproq o‘simliklar ildizi joylashgan qatlamining sog‘lomlashishi, tuproq tarkibining azotga boyishi va o‘simliklar oson o‘zlashtiriluvchi fosfor shakllarining miqdori ortishi, o‘simliklarning turli xil kasalliklar, qurg‘oqchilik, yuqori harorat ta’siriga chidamlilik darajasi ortishi ko‘rinishida ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Hali tarjima qilinmagan