TUPROQDAGI OZUQA MIQDORIGA VA O’SIMLIKLARGA ORGANIK O’G’ITLARNING SAMARASI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Tuproq unumdorligini belgilovchi asosiy modda gumus hisoblanadi. Organik o’g’itlar bugungi kunda tuproqqa kompleks ta’sir ko’rsatib ekinlar, jumladan g’o’zaning o’sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Lekin ularni samaradoligini oshirish uchun organik o’g’itlar jumladan yarim chirigan qoramol go’ngi har bir tuproq –iqlim sharoitida va qishoq xo’jalik ekinida alohida har tomonlama o’rganilishi kerak. Bunda asosiy rolni tuproq unumdorligining holati o’ynaydi. Gumus miqdori va sifati qancha yuqori bo’lsa unumdorlik ham baland bo’ladi. Lekin, ko’pchilik olimlarning fikriga ko’ra, oxirgi 10-20 yil ichida tuproqda gumus miqdori sezilarli kamayib bomoqda.