Tasvir obyektlarini segmentatsiyalashning mintaqaga asoslangan usullari
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Raqamli tasvirlar soni va hajmining kun sayin ortib borishi tasvirlarni tahlil qilish va tanib olishning avtomatlashtirilgan tizimlariga boʼlgan ehtiyojni ham oshirmoqda. Bu kabi tizimlar samaradorligi aprior maʼlumotlar va ularga qoʼyiladigan talablarga bogʼliq boʼlgani uchun ular optimal yechimini taʼminlovchi usul va algoritmlarni talab qiladi. Ushbu muammolarni hal etishda segmentatsiyalash muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki segmentatsiya orqali tasvirlarni tanib olish tezligi va aniqligini sezilarli darajada oshirish mumkin. Mazkur ishda tasvir obyektlarini segmentatsiyalashni mintaqaga asoslangan usullari oʼrganilib tadqiq etilgan hamda har bir usulni yutuq va kamchiliklari aniqlangan.