Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

Энергия центра масс сталкивающихся заряженных частиц

Malika XudoyberdievaO‘zbekiston Milliy universitetiMalika Khudoyberdieva
2024uz
ABI

Annotatsiya

Qora o’ralarni matematik jihatdan tavsiflashda ham umumiy nisbiylik nazariyasi doirasidagi va alternativ gravitatsiya nazariyalaridagi turli yechimlar mavjud bo’lib bunday yechimlarni nazariy jihatdan sinov zarrachalarning qora o’ra atrofidagi harakatida o’zini qanday tutishiga qarab o’rganish mumkin. Qora o’ra atrofida magnit maydon mavjud deb qolaversa zarrachalar elektr zaryadiga yoki magnit xususiyatlarga ega deb qarash mumkin. Shu jihatdan bunday jarayonlarni o’rganish gravitatsiya nazariyalarini tekshirishda xususan qora o’ralar tabiatini o’rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tashqi magnit maydonda joylashgan aksial-simmetrik qora o’ralar atrofidagi elektromagnit maydonlarni hamda zaryadli va sinov zarralar harakatida zarralar effiktiv potensiallarining qanday o’zgarishini o’rganish va shu bilan bir qatorda Kerr-Taub-NUT metrikasi misolida ko’rib chiqishdan iborat. Maqsad. Qora o’ra atrofidagi zarralar harakatini o’rganish orqali kvazi-Schwarzschild va konform gravitatsiya sharoitidagi qora o’ra yechimlarini o’rganish. Materiallar va usullar. Umumiy nisbiylik nazariyasida makroskopik elektrodinamikaning matematik apparati; zarra va maydonning harakat tenglamalarini yechishning analitik va raqamli usullari. Yechimlarda qatnashadigan fazo-vaqt parametrlarining zarralar harakatiga ta’sirini o’rganish; bunday yechimlar umumiy nisbiylik nazariyasidagi yechimlardan qanchalik farq qilishi yoki ularning effektlarini namoyon qila olish qobiliyatini o’rganish; tashqi magnit maydonning mavjudligi masalaga qanchalik hissa qo’shishini baholash. Natijalar. Kvazi-Scwarzschild va conformgravitatsiya sharoitidagi qora o’ralar tashqi magnit maydoniga kiritilgan hollar uchun zarralar harakati birinchi marta o’rganildi va bu yechimlar qaralgan effektlarning umumiy nisbiylik nazariyasidagi yechimlardan qay darajada farqlanishi ko’rib chiqildi. Bunda tashqi elektromagnit maydonning bu effektlarga ta’siri qaralgan yechimlar uchun birinchi marta baholandi. Kvazi-Schwarzschild yechimning deformatsiya parametri tashqi magnit maydon bo’lgan va bo’lmagan hol uchun umumiy nisbiylik nazariyasidagi Kerr yechimining spin parametrini qanchalik o’rnini bosishi baholandi. Xulosa. Magnit parametri va ISCO radius qiymatlari uchun og’ish parametrlari o’rtasidagi degeneratsiya munosabatlarini ko’rsatdik va magnit parametrining qiymatlari uchun inkor etish parametrining ikki xil musbat qiymatida ISCO radiusining bir xil bo’lishi mumkinligini aniqladik. Tadqiqot SMQT ga yaqin muhitda magnitlangan modda va neytron yulduzlarining dinamikasiga qo’llanilishi mumkin. Magnit dipollarning dinamikasini o’rganish tashqi magnitdagi qora o’raning kvazi-Schwarzschild maydoni maksimal qiymati samarali ekanligini ko’rsatdi, magnit dipollarning singular impuls momentining qiymatlari va qora o’ra atrofidagi fazo-vaqtning og‘ish parametri magnit parametrining ortishi bilan ortadi.

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba