Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

Yashil iqtisodiyotga oʻtishda chiqindilarni boshqarish va ulardan samarali foydalanish masalalari

Feruzbek JumaniyazovMa’mun universiteti o‘qituvchisi
2024en
ABI

Annotatsiya

Globallashuv jarayonida har birimizning onggimizga “Yashil” iqtisodiyot tushunchasi kirib keldi. Uning inson va tabiat o’rtasida munosabatlarni saqlash va rivojlantirishni o'z ichiga olgan iqtisodiy fanning yo'nalishi, atmosferaga xavf tug'dirmasdan odamlarning farovonligini oshirishga qaratilgan iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish usuli sifatida tan olindi. “Yashil” iqtisodiyot tizimining yo'nalishlari quyidagilardan iborat[1]: 1) qayta tiklanadigan energiya manbalarini joriy etish; 2) chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish; 3) suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish; 4) “toza” transportni rivojlantirish; 5) qishloq xo'jaligida organik dehqonchilik; 6) uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida energiya samaradorligi; 7) ekotizimlarni saqlash va samarali boshqarish. Ushbu maqolada “yashil” iqtisodiyotning muhim komponenti hisoblangan chiqdindilarni boshqarish tizimi va ulardan samarali foydalanish muammolari tadqiq qilingan.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

1 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba